Taqriz yozish
1. Qoʻlyozma qoralamasini jurnalga yuborish qoidalari quyidagi havolada koʻrsatilgan: maqola yuborish
2. Qoʻlyozmalar jurnal tahririyatida qayd etilganidan soʻng 3-4 hafta (baʼzan kamroq) vaqt davomida taqriz jarayonidan oʻtkaziladi.
3. Ilmiy maqolalarga taqrizchilari qoida boʻyicha, tahririyat kengashi yoki doimiy aʼzolari orasidan belgilanadi. Ayrim holatlarda ilmiy maqolalar yoʻnalishiga mos holda va arxeologiya sohasida tanilgan mutaxassislarga ham murojaat qilinadi.
4. Maqola taqrizdan oʻtkazilishi uchun taqrizchini belgilash qarori bosh muharrir yoki uning oʻrinbosari tomonidan qabul qilinadi.
5. Maqola qoʻlyozmasi (mualliflar familiyalari va ish joyi belgilanmagan holda) tahririyat tomonidan maxsus xat bilan yoki sayt orqali taqrizchilarga yuboriladi.
6. Taqriz ijobiy boʻlmaganda 10 (oʻn) kun muddatida muallifga asoslangan rad javobi yuboriladi. Ushbu holatda etika qoidalari boʻyicha taqrizchi familiyasi belgilanmaydi.
7. Maqolaga qoʻshimchalar va oʻzgartirishlar kiritilishi talab qilinganda (oʻzgartirish kiritish muddati 1-2 oy, ortigʻi bilan 3 oy) mualliflarga ushbu holatga mos xat yuborilishi taʼminlanadi. Ushbu muddat ichida mualliflar oʻzgartirilgan maqola variantini qayta taqrizdan oʻtkazilishi uchun belgilangan taqrizchiga qayta yuboriladi.
8. Mualliflar tomonidan oʻzgartirish kiritishdan va maqola chop etishdan bosh tortish holati boʻlsa, ular tahririyat aʼzolarini ushbu holat haqida ogohlantirishi zarur. Mualliflar 3 oy muddati tugaganidan soʻng ham oʻzgartirilgan maqola variantini tahririyatga yubormagan boʻlsa ushbu maqola chop etish uchun rejalashtirilgan maqola qatoridan chiqariladi. Mualliflarga tahririyat tomonidan ushbu holat haqida (maqola registratsiyadan chiqarilgani) xat yuboriladi. Tahririyatga yuborilgan maqola qoʻlyozmalari qaytarilmaydi.
9. Mualliflar taqrizchi xulosasini tan olmagan holatda, ular iltimosiga binoan, tahririyat maqola variantini boshqa taqrizchi yoki taqrizchilar guruhiga aniq ekspert xulosa olish uchun qaytadan yuborishi mumkin. Ushbu holatlarda maqolaga olingan hamma ekspert xulosalari tahririyat aʼzolari majlisida keng muhokama qilinadi va oxirgi tahririyat qarori mualliflarga majlis kunidan keyin 10 (oʻn) ish kuni muddatida yetkaziladi.
10. Qayta taqrizlash jarayonidan oʻtmagan maqola (belgilangan oʻzgartirishlar kiritilgan boʻlsa ham) mualliflariga yana maqolani koʻrib chiqishi uchun qoʻshimcha muddat berilishi mumkin (2 oygacha), ushbu muddat oʻtishi bilan maqola qayta taqrizga ekspertga yuboriladi. Uchinchi marotaba ekspert xulosasi ijobiy boʻlmasa maqola qayta koʻrib chiqilishiga qoʻyilmaydi, mualliflarga esa 10 (oʻn) kun muddatida maqola chop etilmaslik haqida xat yuboriladi.
11. Ijobiy taqriz olgan va tahririyat majlisida tasdiqlangan maqolalar navbatdagi jurnal sonlarida chop etiladi (taxminan 1-2 oy muddatida), chop etilganligi haqida tahririyat mualliflarni ogohlantiradi.
Hurmat bilan, Bosh muharrir Saidov Moʻminxon Munir oʻgʻli