O‘zbekiston arxeologiyasi” jurnaliga 2010 yilda O‘zR FA Samarqand arxeologiya institutida asos solingan bo‘lib, Markaziy Osiyoning tarixiy-madaniy jarayonlari bilan bog‘liq bo‘lgan arxeologiya va fanlararo tadqiqotlarga bag‘ishlangan bo‘lib, bir yilda ikki marta nashr etiladi. Dolzarb tahliliy tadqiqotlarni nashr etish, xalqaro tadqiqotlar sa’y-harakatlarini umumlashtirish, dala tadqiqotlari natijalarini ilmiy muomalaga kiritish va chop etilayotgan materiallarni salohiyatiga rioya qilish jurnalning muhim vazifalari hisoblanadi.

Jurnalning maqsadi Markaziy Osiyo arxeologiyasining dolzarb masalalarini muhokama qilish uchun o‘ziga xos muloqot platformasini yaratish hamda Markaziy Osiyo arxeologiyasiga oid so'nggi ilmiy yangilik va fanlararo tadqiqotlar natijalarini nashr etish hisoblanadi. .

Jurnal yiliga ikki marta nashr etilib, maqolalar o’zbek, rus va ingliz tillarida chop etiladi. Barcha maqolalar o’zbek, rus va ingliz tillarida qisqacha xulosa bilan birga beriladi.

Ilmiy maqolalarni ro`yxatdan o`tkazish www.archeouz.com  vеb-saytida ro`yxatdan o`tish bo`limida amalga oshiriladi.

Jurnal tahririyatiga yuborilgan barcha maqolalar majburiy ekspertizadan o'tkaziladi. Maqolalarni rasmiylashtiris talablari bilan "Mualliflar uchun qo’llanma" bo'limida tanishishingiz mumkin. Barcha maqolalarning to'liq matnlari “Arxiv” bo'limida saqlanadi.

Taqrizdan ijobiy o’tgan maqolalar hech qanday to'lovsiz jurnalda nashr etiladi.  

"Ochiqlik" tamoyili doirasida nashr etilgan materiallardan erkin foydalanish ya’ni: o'qish, yuklab olish, nusxalash, tarqatish mumkin. Jurnal materiallaridan tijorat maqsadlarida foydalanishga yo'l qo'yilmaydi. Jurnalda taqdim etilgan barcha materiallar mualliflik huquqi bilan himoyalangan.

Jurnal  O'zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agеntligi tomonidan 23.12.2022 sanada bеrilgan  №0592 guvohnomasi bilan ro'yxatdan o'tgan.

 

Indeksatsiya:

Google Scholar

Crossref

ORCID

ISSN Portal

Index Copernicus